O'zbekiston uchun yagona bron platformasi
UZBron — mehmonxona, restoran, klinika va boshqa xizmatlarni bitta ilovada bron qilish imkonini beruvchi raqamli platforma. Biz mehmonxonadan boshladik.
Xizmat bron qilishni telefon orqali bir necha daqiqada — har bir o'zbekistonlik uchun qulay qilish.
Bugun mehmonxona band qilish ko'pincha qo'ng'iroq, messenjer yoki tasodifga bog'liq. Biz buni shaffof, ishonchli va onlayn jarayonga aylantiramiz — ham mijoz, ham biznes uchun. Arxitekturamiz boshidanoq universal qilib qurilgan: bugun mehmonxona, ertaga restoran, klinika va sport maydonlari.
Bizning qadriyatlar
Ishonch
Har bir mehmonxona va hamkor tekshiriladi. Foydalanuvchi xavfsizligi — birinchi o'rinda.
Soddalik
Bron qilish bir necha bosqichda. Murakkab jarayonlarni biz o'z zimmamizga olamiz.
Mahalliy biznes
Mahalliy mehmonxona va xizmat ko'rsatuvchilarga raqamli o'sish imkonini beramiz.
Bitta ilova — barcha xizmatlar
Platformamiz universal data modelga asoslangan. Yangi yo'nalishni qo'shish — yangi tur qo'shish, tizimni qaytadan qurish emas.
Biz bilan birga o'sing
Mehmonxona yoki xizmat egasimisiz? Bizning platformaga qo'shilib, yangi mijozlarga chiqing.